Hayot gulzor, deya kezdim,
Tikonlari chiqdi yo’ldan.
Na-da tikonlari, turfa ilonlari
Chiqdi yo’ldan.
Tilindi qalb, shilindi til,
Baloyi nafs bo’ldi g’olib.
Qimorga boy berildi or,
Pushmonlari chiqdi yo’ldan. (x2)
Ko’ngil berdim yora, nogoh,
Axtarib ming tasallolar.
Zaharxanda qildi ag’yor,
Yomonlari chiqdi yo’ldan.
Zaharxanda qildi ag’yor-ey,
Yomonlari chiqdi yo’ldan.